وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا صَافَحَ الرَّجُلَ لَمْ يَنْزِعْ يَدَهُ مِنْ يَدِهِ حَتَّى يَكُونَ هُوَ الَّذِي يَنْزِعُ يَدَهُ وَلَا يَصْرِفُ وَجْهَهُ عَنْ وَجْهِهِ حَتَّى يَكُونَ هُوَ الَّذِي يَصْرِفُ وَجْهَهُ عَن وَجهه وَلم يُرَ مقدِّماً رُكْبَتَيْهِ بَين يَدي جليس لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kishi bilan qoʻl berib koʻrishganlarida, u kishining oʻzi qoʻlini tortmaguncha, u zot qoʻllarini uning qoʻlidan tortib olmas edilar. Uning oʻzi yuzini burmaguncha, u zot yuzlarini uning yuzidan burmas edilar. Va u zot oʻzlari bilan oʻtirgan hamsuhbatining oldida tizzalarini oldinga chiqarib oʻtirgan holda koʻrilmaganlar. Termiziy rivoyat qilgan.