وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: مَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَسْرُدُ سَرْدَكُمْ هَذَا وَلَكِنَّهُ كَانَ يَتَكَلَّمُ بِكَلَامٍ بَيْنَهُ فَصْلٌ يَحْفَظُهُ من جَلَسَ إِلَيْهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ sizlar kabi (soʻzlarni) ketma-ket shoshib gapirmas edilar, balki orasi ajralib turadigan, oldida oʻtirgan kishi yodlab oladigan tarzda gapirar edilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir, biz uni faqat Zuhriyning hadisi orqaligina bilamiz. Uni Yunus ibn Yazid ham Zuhriydan rivoyat qilgan.