وَعَنْ عَلِيٍّ أَنَّ أَبَا جَهْلٍ قَالَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عَلَيْهِ وَسلم: إنَّا لَا نُكذِّبكَ ولكنْ نكذِّبُ بِمَا جئتَ بِهِ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى فِيهِمْ: [فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ ولكنَّ الظالمينَ بآياتِ اللَّهِ يَجْحَدونَ] رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Abu Jahl Paygʻambar ﷺga: «Biz seni yolgʻonchiga chiqarmaymiz, balki sen olib kelgan narsani yolgʻonga chiqaramiz», dedi. Shunda Alloh: {Albatta, ular seni yolgʻonchiga chiqarmaydilar, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qiladilar} (oyatini) nozil qildi. Bizga Ishoq ibn Mansur rivoyat qilib, Abdurrahmon ibn Mahdiy Sufyondan, u Abu Ishoqdan, u Nojiyadan xabar berishicha, Abu Jahl Paygʻambar ﷺga (shunday) dedi, deb yuqoridagiga oʻxshashini zikr qildi, ammo unda Alidan (eslatib) zikr qilmadi va bu sahihroqdir.