وَعَن عبدِ الله قَالَ: لَمَّا أُسْرِيَ بِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ انْتُهِيَ بِهِ إِلَى سِدْرَةِ الْمُنْتَهَى وَهِيَ فِي السَّمَاءِ السَّادِسَةِ إِلَيْهَا يَنْتَهِي مَا يُعْرَجُ بِهِ مِنَ الْأَرْضِ فَيُقْبَضُ مِنْهَا وَإِلَيْهَا يَنْتَهِي مَا يُهْبَطُ بِهِ مِنْ فَوْقِهَا فَيُقْبَضُ مِنْهَا قَالَ: [إِذْ يَغْشَى السِّدْرَةَ مَا يَغْشَى] . قَالَ: فِرَاشٌ مِنْ ذَهَبٍ قَالَ: فَأُعْطِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ثَلَاثًا: أُعْطِيَ الصَّلَوَاتِ الْخَمْسَ وَأُعْطِيَ خَوَاتِيمَ سُورَةِ الْبَقَرَةِ وَغُفِرَ لمن لَا يشرِكُ باللَّهِ من أمته شَيْئا الْمُقْحمَات. رَوَاهُ مُسلم
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ (osmonga) olib ketilganda, U Zot Sidratul-Muntahoga (oxirgi chegaradagi daraxtga) yetkazildi — u oltinchi osmonda boʻlib, yerdan koʻtariladigan (amallar) unga yetib, undan olinadi; va yuqoridan tushiriladigan (narsalar ham) unga yetib, undan olinadi. (Abdulloh) {Oʻshanda Sidrani nimaiki qoplagan boʻlsa, qoplab oldi} (oyatini oʻqib): «(U) oltindan kapalaklar (parvonalar) (edi)», dedi. (Abdulloh) dedi: Shunda Rasululloh ﷺ ga uch (narsa) berildi: besh (vaqt) namoz berildi; Baqara surasining oxirgi (oyatlari) berildi; va ummatidan Allohga hech narsani sherik qilmagan kishiga (jahannamga) tiqib yuboradigan (katta) gunohlar magʻfirat qilindi.