وَعَنْ سَلَمَةَ بْنِ الْأَكْوَعِ قَالَ غَزَوْنَا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حُنَيْنًا فَوَلَّى صَحَابَةُ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَمَّا غَشُوا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَزَلَ عَنِ الْبَغْلَةِ ثُمَّ قَبَضَ قَبْضَةً مِنْ تُرَابٍ مِنَ الْأَرْضِ ثُمَّ اسْتَقْبَلَ بِهِ وُجُوهَهُمْ فَقَالَ شَاهَتِ الْوُجُوهُ فَمَا خَلَقَ اللَّهُ مِنْهُمْ إِنْسَانًا إِلَّا مَلَأَ عَيْنَيْهِ تُرَابًا بِتِلْكَ الْقَبْضَةِ فَوَلَّوْا مُدْبِرِينَ فَهَزَمَهُمْ الله عز وَجل وَقَسْمِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ غنائمهم بَين الْمُسلمين رَوَاهُ مُسلم
Salama ibn al-Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bilan birga Hunaynda jang qildik. Dushmanga roʻbaroʻ kelganimizda, men oldinga chiqib bir doʻnglikka koʻtarildim. Shunda dushmandan bir kishi roʻparamga chiqdi, men unga oʻq otdim, u mendan yashirindi va men uning nima qilganini bilmadim. Qavmga qarasam, ular boshqa bir doʻnglikdan chiqib kelishibdi. Ular bilan Nabiy ﷺ ning sahobalari toʻqnashdi, soʻng Nabiy ﷺ ning sahobalari orqaga qaytdilar, men ham magʻlub boʻlib qaytayotgan edim. Egnimda ikkita yopinchiq bor edi, birini belimga bogʻlagan, ikkinchisini yelkamga tashlagan edim. Belbogʻim yechilib ketdi, men ikkovini ham birga ushlab oldim va magʻlub holatda Rasululloh ﷺ ning yonidan oʻtdim, u zot oq xachirlari ustida edilar. Rasululloh ﷺ: «Ibnul-Akvaʼ (Salama) qoʻrqib qoldiganga oʻxshaydi», dedilar. Dushman Rasululloh ﷺ ni oʻrab olganida, u zot xachirdan tushdilar, soʻng yerdan bir hovuch tuproq olib, uni ularning yuzlariga qarata otdilar va: «Yuzlar buzilsin!» dedilar. Allohning ular ichida yaratgan har bir insonining ikkala koʻzini oʻsha bir hovuch tuproq toʻldirmadi qoldirmadi. Shunda ular orqalariga oʻgirilib qochdilar, Alloh azza va jalla ularni magʻlub qildi va Rasululloh ﷺ ularning oʻljalarini musulmonlar oʻrtasida taqsimladilar.