وَعَن جَابر قا ل: قَدِمَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مِنْ سَفَرٍ فَلَمَّا كَانَ قُرْبَ الْمَدِينَةِ هَاجَتْ رِيحٌ تَكَادُ أَنْ تَدْفِنَ الرَّاكِبَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بُعِثَتْ هَذِهِ الرِّيحُ لِمَوْتِ مُنَافِقٍ» . فَقَدِمَ الْمَدِينَةَ فَإِذَا عَظِيمٌ مِنَ الْمُنَافِقين قد مَاتَ. رَوَاهُ مُسلم
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ safardan qaytdilar. Madinaga yaqinlashganlarida, otliqni koʻmib yuborgudek shiddatli bir shamol qoʻzgʻaldi. Rasululloh ﷺ: «Bu shamol bir munofiqning oʻlimi uchun yuborildi», dedilar. U zot Madinaga kelganlarida, munofiqlarning kattalaridan biri oʻlgan edi. Muslim rivoyat qilgan.