وَعَنْ أَنَسٍ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أُتِيَ بِالْبُرَاقِ لَيْلَةَ أُسْرِيَ بِهِ مُلْجَمًا مُسْرجاً فاستصعب عَلَيْهِ فَقَالَ لَهُ جِبْرِيل: أَبِمُحَمَّدٍ تَفْعَلُ هَذَا؟ قَالَ: فَمَا رَكِبَكَ أَحَدٌ أَكْرَمُ عَلَى اللَّهِ مِنْهُ قَالَ: فَارْفَضَّ عَرَقًا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Isro kechasi Nabiy ﷺga lijomlangan va egarlangan holda Buroq keltirildi. Buroq u zotga itoatsizlik qildi (boʻyin tovladi). Shunda Jibril unga: «Sen Muhammadga shunday qilyapsanmi? Senga Alloh nazdida undan koʻra ulugʻroq biror kishi minmagan-ku», dedi. U zot: «Shunda u (Buroq) duvva-duvva ter toʻkdi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir va biz uni faqat Abdurazzoqning hadisidan bilamiz.