وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِتَمَرَاتٍ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ ادْعُ اللَّهَ فِيهِنَّ بِالْبَرَكَةِ فَضَمَّهُنَّ ثُمَّ دَعَا لي فِيهِنَّ بِالْبركَةِ فَقَالَ خذهن واجعلهن فِي مِزْوَدِكَ كُلَّمَا أَرَدْتَ أَنْ تَأْخُذَ مِنْهُ شَيْئًا فَأَدْخِلْ فِيهِ يَدَكَ فَخُذْهُ وَلَا تَنْثُرْهُ نَثْرًا فَقَدْ حَمَلْتُ مِنْ ذَلِكَ التَّمْرِ كَذَا وَكَذَا مِنْ وَسْقٍ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَكُنَّا نَأْكُلُ مِنْهُ وَنُطْعِمُ وَكَانَ لَا يُفَارِقُ حَقْوِي حَتَّى كَانَ يَوْمُ قَتْلِ عُثْمَانَ فَإِنَّهُ انْقَطَعَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men Nabiy ﷺ huzurlariga bir necha dona xurmo bilan kelib: ‹Ey Allohning Rasuli, ularga baraka boʻlishi uchun Allohga duo qiling›, dedim. U zot ularni jamlab, soʻng menga ular toʻgʻrisida baraka tilab duo qildilar va menga: ‹Bularni olib, oʻzingning shu xaltangga — yoki shu xaltaga — solib qoʻy. Undan biror narsa olmoqchi boʻlsang, qoʻlingni solib ol, lekin uni toʻkib sochma›, dedilar. Men oʻsha xurmodan Alloh yoʻlida ancha-muncha vasq (miqdorda) yedirdim. Biz undan yeb, yana boshqalarga ham yedirar edik. U (xalta) Usmon oʻldirilgan kungacha belimdan ajralmadi, oʻsha kuni esa (xurmo) tugadi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻl bilan hasan gʻaribdir. Bu hadis Abu Hurayradan boshqa yoʻl bilan ham rivoyat qilingan.