وَعَنْ أُنَيْسَةَ بِنْتِ زَيْدِ بْنِ أَرْقَمَ عَنْ أَبِيهَا إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ دَخَلَ عَلَى زَيْدٍ يَعُودُهُ مِنْ مَرَضٍ كَانَ بِهِ قَالَ: «لَيْسَ عَلَيْكَ مِنْ مَرَضِكَ بَأْسٌ وَلَكِنْ كَيْفَ لَكَ إِذَا عُمِّرْتَ بَعْدِي فَعَمِيتَ؟» قَالَ: أَحْتَسِبُ وَأَصْبِرُ. قَالَ: «إِذًا تَدْخُلِ الْجَنَّةَ بِغَيْرِ حِسَاب» . قَالَ: فَعَمِيَ بَعْدَ مَا مَاتَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم ثمَّ ردَّ اللَّهُ بَصَره ثمَّ مَاتَ
Zayd ibn Arqam (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Zaydning oldiga uni boshiga tushgan kasalligida yoʻqlab kirdilar va: «Kasalligingdan senga zarar yoʻq. Lekin mendan keyin umr koʻrib, koʻzing koʻr boʻlib qolsa, holing qanday boʻladi?» dedilar. U: «Sabr qilaman va savobini Allohdan umid qilaman», dedi. U zot: «Unda hisob-kitobsiz jannatga kirasan», dedilar. U Nabiy ﷺ vafot etganlaridan keyin koʻr boʻlib qoldi, soʻng Alloh koʻzini qaytardi, keyin vafot etdi.