وَعَنْ أَبِي خَلْدَةَ قَالَ: قُلْتُ لِأَبِي الْعَالِيَةِ: سَمِعَ أَنَسٌ مِنَ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ قَالَ: خَدَمَهُ عَشْرَ سِنِينَ وَدَعَا لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَكَانَ لَهُ بُسْتَانٌ يَحْمِلُ فِي كُلِّ سَنَةٍ الْفَاكِهَةَ مَرَّتَيْنِ وَكَانَ فِيهَا رَيْحَانٌ يَجِيءُ مِنْهُ رِيحُ الْمِسْكِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ
Abu Xolda (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Men Abul-Oliyaga: «Anas Nabiy ﷺdan (bevosita) eshitganmi?» dedim. U: «U zotga oʻn yil xizmat qilgan va Nabiy ﷺ uning haqiga duo qilganlar. Uning bir bogʻi bor edi, u yiliga ikki marta meva berardi va unda mushk hidi keladigan rayhon bor edi», dedi. Bu hadis hasan gʻaribdir. Abu Xoldaning ismi Xolid ibn Dinor boʻlib, u hadis ahli nazdida ishonchlidir. U Anas ibn Molikka yetishgan va undan rivoyat qilgan.