وَعَن ابْن عمر أَنَّ عُمَرَ بَعَثَ جَيْشًا وَأَمَّرَ عَلَيْهِمْ رَجُلًا يُدْعَى سَارِيَةَ فَبَيْنَمَا عُمَرُ يَخْطُبُ فَجَعَلَ يَصِيحُ: يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ لَقِيَنَا عَدُوُّنَا فَهَزَمُونَا فَإِذَا بِصَائِحٍ يَصِيحُ: يَا سَارِيَ الْجَبَلَ. فَأَسْنَدْنَا ظُهُورَنَا إِلَى الْجَبَلِ فَهَزَمَهُمُ اللَّهُ تَعَالَى رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ فِي دَلَائِل النُّبُوَّة
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Umar (roziyallohu anhu) bir qoʻshin joʻnatib, ularga Soriya deb ataladigan bir kishini amir qilib tayinladi. Umar xutba oʻqiyotgan payti birdan: «Yo Soriya, togʻ tomon (togʻga suyaninglar)!» deb baqira boshladi. Soʻng bir chopar kelib: «Yo amiral-moʻʼminin, dushmanimizga roʻbaroʻ keldik, ular bizni magʻlub qildilar. Shu payt bir kishi: ‹Yo Soriya, togʻ tomon!› deb baqirdi. Biz orqamizni togʻga suyadik, bas, Alloh taolo ularni magʻlub qildi», dedi. Bayhaqiy «Daloilun-nubuvva»da rivoyat qilgan.