وَعَن أنس قَالَ: لما ثقل النَّبِي صلى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ جَعَلَ يَتَغَشَّاهُ الْكَرْبُ. فَقَالَتْ فَاطِمَةُ: وَاكَرْبَ آبَاهْ فَقَالَ لَهَا: «لَيْسَ عَلَى أَبِيكِ كَرْبٌ بَعْدَ الْيَوْمِ» . فَلَمَّا مَاتَ قَالَتْ: يَا أَبَتَاهُ أَجَابَ رَبًّا دَعَاهُ يَا أَبَتَاهُ مَنْ جَنَّةُ الْفِرْدَوْسِ مَأْوَاهُ يَا أَبَتَاهُ إِلَى جِبْرِيلَ نَنْعَاهُ. فَلَمَّا دُفِنَ قَالَتْ فَاطِمَةُ: يَا أَنَسُ أَطَابَتْ أَنْفُسُكُمْ أَنْ تَحْثُوا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ التُّرَابَ؟ رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ
(Anas (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺning (ahvollari) ogʻirlashganida, ularni (bir holsizlik) qoplay boshladi. Shunda Fotima (alayhassalom): «Voy, otamning kurbati (qiynalishi)!» dedi. U zot unga: «Bugundan keyin otangga (boshqa) kurbat (qiyinchilik) yoʻq», dedilar. U zot vafot etganlarida, u (Fotima): «Ey otajonim, oʻzini chaqirgan Robbiga javob berdi! Ey otajonim, Firdavs jannati uning maskanidir! Ey otajonim, Jibrilga (uning vafotini) xabar qilamiz!» dedi. U zot dafn qilinganlarida, Fotima (alayhassalom): «Ey Anas, Rasululloh ﷺning ustiga tuproq tashlashga koʻnglingiz qanday rozi boʻ ldi?» dedi.