وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: لَمَّا قُبِضَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ اخْتَلَفُوا فِي دَفْنِهِ. فَقَالَ أَبُو بَكْرٍ: سَمِعْتُ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ شَيْئًا. قَالَ: «مَا قَبَضَ اللَّهُ نَبِيًّا إِلَّا فِي الْمَوْضِعِ الَّذِي يحبُ أَن يُدْفَنَ فِيهِ» . ادفنوه فِي موضعِ فراشِهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺ vafot etganlarida, ularni qayerga dafn qilish haqida ixtilof qildilar. Shunda Abu Bakr: ‹Men Rasululloh ﷺdan bir narsani eshitganman, uni unutmaganman. U zot: «Alloh biror paygʻambarni faqat oʻzi dafn etilishni xohlagan joyida vafot ettiradi», degandilar›, dedi. Bas, uni toʻshagi joyiga dafn qildilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir. Abdurrahmon ibn Abu Bakr al-Mulaykiy yodlashi jihatidan zaif sanaladi. Bu hadis boshqa yoʻl bilan ham rivoyat qilingan: uni Ibn Abbos Abu Bakr Siddiqdan, u Nabiy ﷺdan ham rivoyat qilgan.