وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عَلَيْهِ وَسلم: «إِن أُمَّتِي يُدْعَوْنَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ غُرًّا مُحَجَّلِينَ مِنْ آثَارِ الْوُضُوءِ فَمَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمْ أَنْ يُطِيلَ غرته فَلْيفْعَل»
Nuaym al-Mujmir rivoyat qiladi: Bir kuni men Abu Hurayra bilan masjid tomiga chiqdim. U tahorat olib: «Men Paygʻambar ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitganman: ‹Qiyomat kuni mening ummatim tahorat izidan (yuz va aʼzolari nurlanib) gʻurran muhajjalun deb chaqiriladi. Kim oʻz nurini koʻpaytira olsa, koʻpaytirsin (yaʼni tahoratni mukammal qilsin)›», — dedi.