Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men koʻp mazi keladigan kishi edim va Nabiy ﷺning qizlari sababli u zotdan soʻrashga uyalar edim. Shunda Miqdodga buyurdim, u esa u zotdan soʻradi. U zot: «Zakarini va moyaklarini yuvsin va tahorat olsin», dedilar.