وَعَن سُوَيْد ابْن النُّعْمَان: أَنَّهُ خَرَجَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَامَ خَيْبَرَ حَتَّى إِذَا كَانُوا بالصهباء وَهِي أَدْنَى خَيْبَرَ صَلَّى الْعَصْرَ ثُمَّ دَعَا بِالْأَزْوَادِ فَلَمْ يُؤْتَ إِلَّا بِالسَّوِيقِ فَأَمَرَ بِهِ فَثُرِيَ فَأَكَلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَكَلْنَا ثُمَّ قَامَ إِلَى الْمَغْرِبِ فَمَضْمَضَ وَمَضْمَضْنَا ثمَّ صلى وَلم يتَوَضَّأ. رَوَاهُ البُخَارِيّ
Suvayd ibn Nuʼmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Xaybar fath qilingan yili men Rasululloh ﷺ bilan birga Xaybarga yaqin Sahbo (degan joy)gacha bordim. U yerda Rasululloh ﷺ asr namozini oʻqidilar va taom soʻradilar. Saviqdan boshqa narsa keltirilmadi. U zot uni suv bilan qorishtirishni buyurdilar. U zot va hammamiz uni yedik; soʻng Paygʻambar ﷺ shom namoziga turib, ogʻizlarini chaydilar, biz ham shunday qildik; keyin u zot tahoratni qaytarmay namoz oʻqidilar.