وَعَن ابْن عمر كَانَ يَقُولُ: قُبْلَةُ الرَّجُلِ امْرَأَتَهُ وَجَسُّهَا بِيَدِهِ مِنَ الْمُلَامَسَةِ. وَمَنْ قَبَّلَ امْرَأَتَهُ أَوْ جَسَّهَا بِيَدِهِ فَعَلَيهِ الْوضُوء. رَوَاهُ مَالك وَالشَّافِعِيّ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U kishi: «Erkakning ayolini oʻpishi va uni qoʻli bilan ushlashi mulomasa (tegish)dan hisoblanadi. Kim ayolini oʻpsa yoki qoʻli bilan ushlasa, unga tahorat vojib boʻladi», der edilar. Molik va Shofiiy rivoyat qilgan.