عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِذَا أَتَيْتُمُ الْغَائِطَ فَلَا تَسْتَقْبِلُوا الْقِبْلَةَ وَلَا تَسْتَدْبِرُوهَا وَلَكِنْ شَرِّقُوا أَوْ غَرِّبُوا» قَالَ الشَّيْخ الإِمَام محيي السّنة : هَذَا الْحَدِيثُ فِي الصَّحْرَاءِ وَأَمَّا فِي الْبُنْيَانِ فَلَا بَأْس لما رُوِيَ: عَن عبد الله بن عمر قَالَ: ارْتَقَيْتُ فَوْقَ بَيْتِ حَفْصَةَ لِبَعْضِ حَاجَتِي فَرَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقْضِي حَاجته مستدبر الْقبْلَة مُسْتَقْبل الشَّام
Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Qazoi hojatga borganingizda, qiblaga yuzlanmang va unga orqa ham oʻgirmang, balki sharq yoki gʻarb tomonga oʻgiriling», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. Shayx, imom Muhyi as-Sunna: ‹Bu hadis sahroga tegishli, binolar ichida esa zarari yoʻq›, degan. Chunki Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinishicha, u: ‹Bir hojatim uchun Hafsaning uyi ustiga chiqdim va Rasululloh ﷺni qiblaga orqa oʻgirgan, Shom tomonga yuzlangan holda hojat chiqarayotganlarini koʻrdim›, degan.