وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ مَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقَبْرَيْنِ فَقَالَ إِنَّهُمَا لَيُعَذَّبَانِ وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ أَمَّا أَحدهمَا فَكَانَ لَا يَسْتَتِرُ مِنَ الْبَوْلِ - وَفِي رِوَايَةٍ لمُسلم: لَا يستنزه مِنَ الْبَوْلِ - وَأَمَّا الْآخَرُ فَكَانَ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ ثمَّ أَخذ جَرِيدَة رطبَة فَشَقهَا نِصْفَيْنِ ثُمَّ غَرَزَ فِي كُلِّ قَبْرٍ وَاحِدَةً قَالُوا يَا رَسُول الله لم صنعت هَذَا قَالَ لَعَلَّه يُخَفف عَنْهُمَا مَا لم ييبسا
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Paygʻambar ﷺ ikki qabr yonidan oʻtib: «Bu ikkovi (saqlanishi qiyin boʻlgan) katta gunoh uchun azoblanmayapti: biri bavldan (oʻzini) saqlamas edi, ikkinchisi esa chaqimchilik qilib yurar edi», — dedilar. Soʻng u zot yashil xurmo bargini olib, uni (boʻlaklarga) boʻlib, har bir qabrga bittadan sanchdilar. Ular: «Yo Rasululloh, nega shunday qildingiz?» — dedilar. U zot: «Bular (barglar) quriguncha, ularning azobi yengillashar, deb umid qilaman», — dedilar.