وَعَن رويفع بن ثَابت قَالَ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: يَا رُوَيْفِعُ لَعَلَّ الْحَيَاةَ سَتَطُولُ بِكَ بَعْدِي فَأَخْبِرِ النَّاسَ أَنَّ مَنْ عَقَدَ لِحْيَتَهُ أَوْ تَقَلَّدَ وَتَرًا أَوِ اسْتَنْجَى بِرَجِيعِ دَابَّة أَو عظم فَإِن مُحَمَّدًا بَرِيء مِنْهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Shayboʻn al-Qatboniy aytadi: Maslama ibn Muxallad Ruvayfiʼ ibn Sobitni (Misrning) quyi (qismi)ga voliy qilib tayinladi. (Shayboʻn dedi:) Biz u bilan Kum Sharikdan Alqamoga (yoki Alqamodan Kum Sharikka) yurdik. Ruvayfiʼ aytdi: «Paygʻambar ﷺ zamonida birortamiz oʻljadan oladigan (narsa)ning yarmini berish sharti bilan birodaridan (uning) tuyasini olar, qolgan yarmi (birodariga) qolar edi; (baʼzan) birimizga (oʻq)ning paykoni va pati, boshqasiga esa oʻqning yogʻochi (ulush sifatida) tushardi». Soʻng u: «Rasululloh ﷺ menga: ‹Ey Ruvayfiʼ, sen mendan keyin uzoq umr koʻrishing mumkin; bas, odamlarga aytginki, kim soqolini tugsa, yoki (koʻz tegishidan saqlanish uchun boʻyniga) ip taqsa, yoxud hayvon tezagi yoki suyak bilan istinjo qilsa — albatta Muhammad ﷺ undan beodir (uzoqdir)›, — dedilar», — dedi.