وَعَن أبي أَيُّوب وَجَابِر وَأنس: أَن هَذِه الْآيَة نَزَلَتْ (فِيهِ رِجَالٌ يُحِبُّونَ أَنْ يَتَطَهَّرُوا وَاللَّهُ يحب المطهرين) قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا مَعْشَرَ الْأَنْصَارِ إِنَّ اللَّهَ قَدْ أَثْنَى عَلَيْكُمْ فِي الطَّهُورِ فَمَا طَهُورُكُمْ قَالُوا نَتَوَضَّأُ لِلصَّلَاةِ وَنَغْتَسِلُ مِنَ الْجَنَابَةِ وَنَسْتَنْجِي بِالْمَاءِ قَالَ فَهُوَ ذَاك فعليكموه» . رَوَاهُ ابْن مَاجَه
Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, {Unda poklanishni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa pok boʻluvchilarni sevadi} degan oyat nozil boʻlganida, Rasululloh ﷺ: «Ey ansorlar jamoasi! Alloh sizlarni poklanish borasida maqtadi. Sizlarning pokligingiz qanaqa?» dedilar. Ular: «Biz namoz uchun taharat olamiz, junublikdan gʻusl qilamiz va suv bilan istinjo qilamiz», dedilar. U zot: «Ana shu ekan, bas, unga rioya qilinglar», dedilar.