وَعَنْ أَبِي أَيُّوبَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " أَرْبَعٌ مِنْ سُنَنِ الْمُرْسَلِينَ: الْحَيَاءُ وَيُرْوَى الْخِتَانُ وَالتَّعَطُّرُ وَالسِّوَاكُ وَالنِّكَاحُ ". رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Ayyub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Toʻrt narsa paygʻambarlarning sunnatlaridandir: hayo, atir surtinish, misvok ishlatish va nikoh», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Usmon, Savbon, Ibn Masʼud, Oisha, Abdulloh ibn Amr, Abu Najih, Jobir va Akkofdan ham (hadis rivoyat qilingan). Abu Iso aytdi: Abu Ayyubning hadisi hasan gʻaribdir. Bu hadisni Husaym, Muhammad ibn Yazid al-Vositiy, Abu Muoviya va boshqa bir necha kishi Hajjojdan, u Makhuldan, u Abu Ayyubdan rivoyat qilganlar va unda Abu Shimolni zikr qilmaganlar. Hafs ibn Gʻiyos hamda Abbod ibn al-Avvomning hadisi (esa) koʻproq sahihdir.