عَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: " أَرَانِي فِي الْمَنَامِ أَتَسَوَّكُ بِسِوَاكٍ فَجَاءَنِي رَجُلَانِ أَحَدُهُمَا أَكْبَرُ مِنَ الْآخَرِ فَنَاوَلْتُ السِّوَاكَ الْأَصْغَرَ مِنْهُمَا فَقِيلَ لي: كبر فَدَفَعته إِلَى الْأَكْبَر مِنْهُمَا "
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Men tushimda misvok bilan tishlarimni tozalayotganimni koʻrdim. Yonimga ikki kishi keldi — biri ikkinchisidan kattaroq edi. Men misvokni kichigiga berdim. Menga: ‹Kattasiga ber›, — deyildi; men ham shunday qildim», — dedilar.