وَعَنْ عُثْمَانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّهُ تَوَضَّأَ بِالْمَقَاعِدِ فَقَالَ: أَلَا أُرِيكُمْ وُضُوءَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ؟ فَتَوَضَّأَ ثَلَاثًا ثَلَاثًا. رَوَاهُ مُسلم
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U al-Maqoid (degan joy)da tahorat qildi-da: «Sizlarga Rasululloh ﷺ ning tahoratlarini koʻrsataymi?» dedi. Soʻng uch marta, uch marta tahorat qildi. Qutayba oʻz rivoyatida ziyoda qildi: «Uning oldida Rasululloh ﷺ ning ashoblaridan (baʼzi) kishilar bor edi».