وَعَنْ لَقِيطِ بْنِ صَبِرَةَ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ أَخْبِرْنِي عَنِ الْوُضُوءِ. قَالَ: «أَسْبِغِ الْوُضُوءَ وَخَلِّلْ بَيْنَ الْأَصَابِعِ وَبَالِغْ فِي الِاسْتِنْشَاقِ إِلَّا أَنْ تَكُونَ صَائِمًا» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَرَوَى ابْنُ مَاجَه والدارمي إِلَى قَوْله: بَين الْأَصَابِع
Laqit ibn Sabra (roziyallohu anhu) aytadi: «Men: ‹Yo Rasululloh, menga tahorat haqida xabar bering›, dedim. U zot: ‹Tahoratni mukammal qil, barmoqlar orasini xilolla va istinshoqda mubolagʻa qil — faqat roʻzador boʻlsang (bundan mustasno)›, dedilar». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih hadisdir. Ilm ahli roʻzador uchun burunga dori tomizishni makruh sanagan va bu uning roʻzasini ochadi deb hisoblagan. Hadisda ularning soʻzini quvvatlovchi (dalil) bor.