وَعَنْ أَبِي حَيَّةَ قَالَ رَأَيْتُ عَلِيًّا تَوَضَّأَ فَغَسَلَ كَفَّيْهِ حَتَّى أَنْقَاهُمَا ثُمَّ مَضْمَضَ ثَلَاثًا واستنشق ثَلَاثًا وَغسل وَجهه ثَلَاثًا وذراعيه ثَلَاثًا وَمسح بِرَأْسِهِ مرّة ثمَّ غسل قَدَمَيْهِ إِلَى الْكَعْبَيْنِ ثُمَّ قَامَ فَأَخَذَ فَضْلَ طَهُورِهِ فَشَرِبَهُ وَهُوَ قَائِمٌ ثُمَّ قَالَ أَحْبَبْتُ أَنْ أريكم كَيفَ كَانَ طَهُورِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ وَالنَّسَائِيّ
Hannod va Qutayba bizga aytib berdilar: Ular: Bizga Abul-Ahvas Abu Ishoqdan, u Abu Hayyadan rivoyat qildi, dedilar. U (Abu Hayya) dedi: Men Ali (roziyallohu anhu)ning tahorat qilganlarini koʻrdim: U ikki kaftlarini tozalaguncha yuvdilar, soʻng uch marta ogʻiz chayqadilar, uch marta burunga suv tortdilar, yuzlarini uch marta yuvdilar, ikki bilaklarini uch marta (yuvdilar), boshlariga bir marta mash tortdilar, soʻng ikki oyoqlarini toʻpiqlarigacha yuvdilar. Soʻng turib, tahoratidan ortgan suvni olib, tik turgan holda uni ichdilar. Soʻng: «Men sizlarga Rasululloh ﷺning tahoratlari qanday boʻlganini koʻrsatishni xohladim», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Usmon, Abdulloh ibn Zayd, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Rubayyiʼ, Abdulloh ibn Unays va Oishadan (rizvonullohi alayhim) ham (rivoyatlar) bor.