Burayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ har namoz uchun taharat qilar edilar. Makka fathi kuni boʻlganda esa namozlarni bitta taharat bilan oʻqidilar. Shunda Umar u zotga: «Siz ilgari qilmagan ishni qildingiz», dedi. U zot: «Ey Umar, buni ataylab qildim», dedilar.