وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «إِنَّمَا الْمَاءُ مِنَ الْمَاءِ» . رَوَاهُ مُسْلِمٌ قَالَ الشَّيْخُ الْإِمَامُ مُحْيِي السّنة C: هَذَا مَنْسُوخ
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men dushanba kuni Rasululloh ﷺ bilan Quboʼga (tomon) chiqdim; Bani Solimga yetganimizda, Rasululloh ﷺ Itbonning eshigi oldida toʻxtab, uni chaqirdi. (Itbon) izorini sudrab chiqdi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Kishini shoshirib qoʻydik», dedilar. Itbon: «Yo Rasululloh! Aytingchi, kishi xotinidan (jimoʼdan) shoshib (ajralib), maniy chiqarmasa — unga nima (vojib) boʻladi?» dedi. Rasululloh ﷺ: «Suv (gʻusl) faqat suv (maniy chiqishi) sababli (vojib boʻladi)», dedilar.