وَعَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: إِنَّ امْرَأَةً مِنَ الْأَنْصَارِ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: عَنِ غُسْلِهَا مِنَ الْمَحِيضِ فَأَمَرَهَا كَيْفَ تَغْتَسِل قَالَ: «خُذِي فِرْصَةً مِنْ مَسْكٍ فَتَطَهَّرِي بِهَا» قَالَت كَيفَ أتطهر قَالَ «تطهري بهَا» قَالَت كَيفَ قَالَ «سُبْحَانَ الله تطهري» فاجتبذتها إِلَيّ فَقلت تتبعي بهَا أثر الدَّم
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Paygʻambar ﷺ dan hayzdan keyin qilinadigan gusl haqida soʻradi. Paygʻambar ﷺ unga nima qilishni aytdilar va: «Misk surtilgan bir parcha mato bilan poklan», — dedilar. Ayol: «Uni bilan qanday poklanaman?» — dedi. U zot: «Subhanalloh! (Uni bilan) poklan», — dedilar. Men uni oʻzimga tortib: «Qon (tekkan) joyga uni sur», — dedim.