وَفِي شَرْحِ السُّنَّةِ عَنْهُ عَنْ مَيْمُونَةَ بِلَفْظِ المصابيح
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning ayollaridan biri bir idishda gʻusl qildi. Rasululloh ﷺ oʻsha suvdan tahorat olmoqchi boʻlganlarida, u ayol: «Ey Allohning Rasuli, men junub edim», dedi. U zot ﷺ: «Suv nopok boʻlmaydi», dedilar. Termiziy, Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan, Dorimiyda ham shunga oʻxshash keladi. Sharh as-sunnada undan, Maymunadan, al-Masobiyh lafzi bilan keltirilgan.