وَعَن عَليّ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَخْرُجُ مِنَ الْخَلَاءِ فَيُقْرِئُنَا الْقُرْآنَ وَيَأْكُلُ مَعَنَا اللَّحْم وَلم يكن يَحْجُبْهُ أَوْ يَحْجُزْهُ عَنِ الْقُرْآنِ شَيْءٌ لَيْسَ الْجَنَابَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَرَوَى ابْنُ مَاجَهْ نَحوه
Abdulloh ibn Salama aytadi: Men va ikki kishi — bizdan biri va Banu Asaddan bir kishi — Ali (roziyallohu anhu)ning oldiga kirdik. (Gumonimcha,) Ali (roziyallohu anhu) ikkalasini bir (vazifaga) joʻnatdi va: «Sizlar ikkovingiz baquvvat (kishilar)siz; bas, diningiz uchun kuch sarflanglar», — dedi. Soʻng u turib, hojatxonaga kirdi, keyin chiqdi va suv soʻrab, undan bir hovuch (suv) olib, (qoʻllarini) artdi; soʻng Qurʼon oʻqiy boshladi. (Hozir boʻlganlar) buni gʻalati (inkor qilib) koʻrishdi. Shunda u: «Albatta, Rasululloh ﷺ hojatxonadan chiqar va bizga Qurʼon (oʻrgatib) oʻqitar, biz bilan birga goʻsht yer edilar; u zotni janobatdan boshqa hech narsa Qurʼon (oʻqish)dan toʻsmas edi», — dedi.