وَعَنْ شُعْبَةَ قَالَ: إِنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ كَانَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ يفرغ بِيَدِهِ الْيُمْنَى عَلَى يَدِهِ الْيُسْرَى سَبْعَ مِرَارٍ ثُمَّ يَغْسِلُ فَرْجَهُ فَنَسِيَ مَرَّةً كَمْ أَفْرَغَ فَسَأَلَنِي كم أفرغت فَقُلْتُ لَا أَدْرِي فَقَالَ لَا أُمَّ لَكَ وَمَا يَمْنَعُكَ أَنْ تَدْرِيَ ثُمَّ يَتَوَضَّأُ وُضُوءَهُ لِلصَّلَاةِ ثُمَّ يُفِيضُ عَلَى جِلْدِهِ الْمَاءُ ثُمَّ يَقُولُ هَكَذَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يتَطَهَّر. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Shuʼba (Ibn Abbosning mavlosi) aytadi: Ibn Abbos janobatdan gʻusl qilganida, oʻng qoʻli bilan chap qoʻliga yetti marta (suv) quyar, soʻng avratini yuvar edi. Bir marta u necha marta quyganini unutib, mendan: «Necha marta quydim?» — deb soʻradi. Men: «Bilmayman», — dedim. U: «Onasiz qolgur! Seni bilishdan nima toʻsadi?» — dedi. Soʻng u namozga (oladigan) tahorati(dek) tahorat olar, soʻng terisiga (badaniga) suv quyar, keyin: «Rasululloh ﷺ mana shunday poklanar edilar», — der edi.