وَعَنْ سَوْدَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَتْ: مَاتَتْ لَنَا شَاةٌ فَدَبَغْنَا مَسْكَهَا ثُمَّ مَا زِلْنَا نَنْبِذُ فِيهِ حَتَّى صَارَ شنا. رَوَاهُ البُخَارِيّ
(Paygʻambar ﷺning xotini Savda (roziyallohu anho) aytdi:) Bizning bir qoʻyimiz oʻldi; biz uning terisini oshladik (taʼmirladik), soʻng unda (idishda) — toki u eskirib (titilib) ketguncha — nabiz (xurmo sharbati) ivitib turaverdik.