وَعَن عبد الله بن عكيم قَالَ: أَتَانَا كِتَابُ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَنْ لَا تَنْتَفِعُوا مِنَ الْمَيْتَةِ بِإِهَابٍ وَلَا عَصَبٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ
Abdulloh ibn Ukaym (roziyallohu anhu) aytdi: Bizga Rasululloh ﷺning «Oʻlimtikdan — teri boʻlsin, payi boʻlsin — foydalanmanglar» degan (mazmundagi) maktublari keldi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Bu hadis Abdulloh ibn Ukaymdan, oʻz mashoyixlari orqali ham rivoyat qilinadi. Koʻpchilik ilm ahlining amali shu (hadis) ustida emas. Bu hadis Abdulloh ibn Ukaymdan shunday ham rivoyat qilingan: «Bizga Nabiy ﷺning maktublari vafotlaridan ikki oy avval keldi». (Roviy) aytdi: Men Ahmad ibnul-Hasanning shunday deganini eshitdim: Ahmad ibn Hanbal bu hadisda «vafotidan ikki oy avval» deb zikr qilingani uchun unga (amal qilish) tarafiga moyil edi va u: «Bu Nabiy ﷺning oxirgi ishi edi», derdi. Soʻng uning isnodida ixtilof qilinib, baʼzilari uni «Abdulloh ibn Ukaymdan, oʻzlarining Juhayna (qabilasi)dan boʻlgan mashoyixlaridan» deb rivoyat qilganlari sababli Ahmad ibn Hanbal bu hadisni tark etdi.