وَعَن مَيْمُونَة مر على النَّبِي الله صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رِجَالٌ مِنْ قُرَيْشٍ يَجُرُّونَ شَاةً لَهُمْ مِثْلَ الْحِمَارِ فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ أَخَذْتُمْ إِهَابَهَا» قَالُوا إِنَّهَا مَيْتَةٌ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يُطَهِّرُهَا الْمَاءُ والقرظ» . رَوَاهُ أَحْمد وَأَبُو دَاوُد
al-Oliya bint Subayʼ aytadilar: Mening Uhudda qoʼylarim bor edi, ularga oʻlat tushib, oʻla boshladi. Shunda men Nabiy ﷺning rafiqalari Maymuna (roziyallohu anho)ning huzuriga kirib, buni unga aytdim. Maymuna menga: «Agar ularning terilarini olib, ulardan foydalansang (yaxshi boʼlardi)», dedi. Men: «Bu halol boʼladimi?» dedim. U: «Ha», dedi. (Soʼng u shunday dedi:) Qurayshdan bir necha kishi eshakdek keladigan bir qoʼyini sudrab Rasululloh ﷺning yonlaridan oʻtib qolishdi. Rasululloh ﷺ ularga: «Uning terisini olsangiz boʼlmasmidi?» dedilar. Ular: «Axir u oʻlimtik-ku», dedilar. Shunda Rasululloh ﷺ: «Uni suv va qaraz (oshlovchi barg) poklaydi», dedilar.