وَعَن امْرَأَةٍ مِنْ بَنِي عَبْدِ الْأَشْهَلِ قَالَتْ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ لَنَا طَرِيقًا إِلَى الْمَسْجِد مُنْتِنَة فَكيف نَفْعل إِذا مُطِرْنَا قَالَ: «أَلَيْسَ بعْدهَا طَرِيق هِيَ أطيب مِنْهَا قَالَت قلت بلَى قَالَ فَهَذِهِ بِهَذِهِ» . رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Banu Abdulashhaldan boʻlgan bir ayol aytadi: Men: «Ey Allohning Rasuli, bizning masjidga (boradigan) yoʻlimiz badboʻy (sassiq). Yomgʻir yoqqanda nima qilaylik?», dedim. U zot: «Undan keyin (yana) boshqa, undan tozaroq yoʻl boʻlmaydimi?», dedilar. Men: «Ha, bor», dedim. U zot: «Bas, mana bu (toza yoʻl) mana u (iflos yoʻl) uchun (kifoyadir)», dedilar.