وَعَن قيس بن عَاصِم: أَنَّهُ أَسْلَمَ فَأَمَرَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ يَغْتَسِلَ بِمَاءٍ وَسِدْرٍ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ
Qays ibn Osim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Islomni qabul qildi, bas Nabiy ﷺ unga suv va sidr (yantoq bargi) bilan gʻusl qilishni buyurdilar. (Abu Iso) dedi: Bu bobda Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan ham (hadis) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir, biz uni faqat shu yoʻl bilangina bilamiz. Ilm ahli huzurida shunga amal qilinadi: ular kishi Islomni qabul qilganda gʻusl qilishini va kiyimlarini yuvishini mustahab (afzal) deb biladilar.