وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ أَتَى حَائِضًا أَوِ امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا أَوْ كَاهِنًا فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَالدَّارِمِيُّ وَفِي رِوَايَتِهِمَا: «فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ» وَقَالَ التِّرْمِذِيُّ: لَا نَعْرِفُ هَذَا الْحَدِيثَ إِلَّا من حَدِيث حَكِيم الْأَثْرَم عَن أبي تَيْمِية عَن أبي هُرَيْرَة
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Kim hayzli ayolga, yoki ayolning orqa (yoʻli)ga yaqinlik qilsa, yoki kohinga (gʻoyibdan xabar berganga ishonib) borsa, bas, u Muhammad ﷺga nozil qilingan narsaga kufr keltiribdi», dedilar. Abu Iso aytdi: Biz bu hadisni faqat Hakim al-Asramning Abu Tamima al-Hujaymiydan, u Abu Hurayradan (rivoyati) orqaligina bilamiz. Ilm ahli nazdida bu (soʻz)ning maʼnosi tagʻliz (qattiq tahdid) yuzasidandir. Nabiy ﷺdan rivoyat qilinganki, u zot: «Kim hayzli ayolga yaqinlik qilsa, bir dinor sadaqa qilsin», dedilar. Agar hayzli ayolga yaqinlik qilish kufr boʻlganida, unga kafforat buyurilmas edi. Muhammad bu hadisni isnodi tomonidan zaif sanadi. Abu Tamima al-Hujaymiyning ismi Torif ibn Mujolid (dir).