وَعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِذَا كَانَ دَمًا أَحْمَرَ فَدِينَارٌ وَإِذَا كَانَ دَمًا أَصْفَرَ فَنِصْفُ دِينَارٍ» . رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Qizil qon boʻlsa — bir dinor, sariq qon boʻlsa — yarim dinor (sadaqa qilinsin)», dedilar. Abu Iso aytdi: Hayzli ayolga yaqinlik qilishdagi kafforat hadisi Ibn Abbosdan mavquf (oʻz soʻzi sifatida) ham, marfuʼ (Paygʻambarga nisbatan) ham rivoyat qilingan. Bu — baʼzi ilm ahlining soʻzidir; Ahmad va Ishoq ham shuni aytadi. Ibn Muborak esa: «Robbidan magʻfirat soʻraydi, unga kafforat lozim emas», dedi. Ibn Muborakning soʻziga oʻxshash (gap) baʼzi tobeinlardan, jumladan Said ibn Jubayr va Ibrohim an-Naxaiydan ham rivoyat qilingan; bu — shaharlar olimlarining umumiy soʻzidir.