عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: جَاءَتْ فَاطِمَةُ بِنْتُ أَبِي حُبَيْشٍ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي امْرَأَةٌ أُسْتَحَاضُ فَلَا أطهر أفأدع الصَّلَاة فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا إِنَّمَا ذَلِكِ عِرْقٌ وَلَيْسَ بِحَيْضٍ فَإِذَا أَقْبَلَتْ حَيْضَتُكِ فَدَعِي الصَّلَاةَ وَإِذَا أَدْبَرَتْ فَاغْسِلِي عَنْك الدَّم ثمَّ صلي»
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Fotima binti Abu Hubaysh Paygʻambar ﷺ ga kelib: «Yo Rasululloh, mende istihoza (toʻxtamaydigan qon ketish) bor, men poklanmayapman. Namozni tark etayinmi?» — dedi. Rasululloh ﷺ: «Yoʻq, chunki bu — (hayz emas,) bir tomirdan (chiqayotgan qon). Hayzing boshlansa, namozni tark et; u tugasa, qonni yuvib (gusl qilib), namoz oʻqi», — dedilar. (Roviy Hishom otasidan: u zot unga: ‹Keyingi hayz vaqti kelguncha har namoz uchun tahorat ol›, — dedilar, deb aytdi.)