وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: قَامَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَسَمِعْنَاهُ يَقُولُ: «أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنْكَ» ثُمَّ قَالَ: «أَلْعَنُكَ بِلَعْنَةِ اللَّهِ» ثَلَاثًا وَبَسَطَ يَدَهُ كَأَنَّهُ يَتَنَاوَلُ شَيْئًا فَلَمَّا فَرَغَ مِنَ الصَّلَاةِ قُلْنَا يَا رَسُولَ اللَّهِ قَدْ سَمِعْنَاكَ تَقُولُ فِي الصَّلَاةِ شَيْئًا لَمْ نَسْمَعْكَ تَقُولُهُ قَبْلَ ذَلِكَ وَرَأَيْنَاكَ بَسَطْتَ يَدَكَ قَالَ: " إِنَّ عَدُوَّ اللَّهِ إِبْلِيسَ جَاءَ بِشِهَابٍ مِنْ نَارٍ لِيَجْعَلَهُ فِي وَجْهِي فَقُلْتُ أَعُوذُ بِاللَّهِ مِنْكَ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. ثُمَّ قُلْتُ: أَلْعَنُكَ بِلَعْنَةِ اللَّهِ التَّامَّةِ فَلَمْ يَسْتَأْخِرْ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ ثُمَّ أَرَدْتُ أَخْذَهُ وَاللَّهِ لَوْلَا دَعْوَةُ أَخِينَا سُلَيْمَانَ لَأَصْبَحَ مُوثَقًا يَلْعَبُ بِهِ وِلْدَانُ أَهْلِ الْمَدِينَة. رَوَاهُ مُسلم
Abud-Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ (namozga) turdilar, biz u zotning: «Sendan Allohga panoh tilayman», — deganlarini eshitdik. Soʻng: «Seni Allohning laʼnati bilan laʼnatlayman», — deb uch marta aytdilar va goʻyo bir narsani ushlayotgandek qoʻllarini choʻzdilar. Namozdan boʻshaganlarida biz: «Yo Rasululloh! Biz Sizning namozda bundan oldin aytayotganingizni eshitmagan bir narsani aytayotganingizni eshitdik va qoʻlingizni choʻzganingizni koʻrdik», — dedik. U zot: «Allohning dushmani Iblis menga yuzimga otmoqchi boʻlib bir uchqun olovni keltirdi. Men: ‹Sendan Allohga panoh tilayman›, — deb uch marta aytdim, soʻng: ‹Seni Allohning toʻla laʼnati bilan laʼnatlayman›, — dedim, lekin u uch marotabada ham orqaga chekinmadi. Soʻng uni ushlamoqchi boʻldim. Allohga qasamki, agar birodarim Sulaymonning duosi boʻlmaganida edi, u bogʻlangan holda qolib, Madina ahli bolalari u bilan oʻynagan boʻlardi», — dedilar.