وَعَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الظُّهْرَ خَمْسًا فَقِيلَ لَهُ: أَزِيدَ فِي الصَّلَاةِ؟ فَقَالَ: «وَمَا ذَاكَ؟» قَالُوا: صَلَّيْتَ خَمْسًا. فَسَجَدَ سَجْدَتَيْنِ بَعْدَمَا سَلَّمَ. وَفِي رِوَايَةٍ: قَالَ: «إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ أَنْسَى كَمَا تَنْسَوْنَ فَإِذَا نَسِيتُ فَذَكِّرُونِي وَإِذَا شَكَّ أَحَدُكُمْ فِي صَلَاتِهِ فَلْيَتَحَرَّ الصَّوَابَ فَلْيُتِمَّ عَلَيْهِ ثُمَّ لِيُسَلِّمْ ثمَّ يسْجد سَجْدَتَيْنِ»
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ peshin namozini besh rakaat oʻqidilar. Shunda u zotdan: ‹Namozga [rakaat] qoʻshildimi?› deb soʻraldi. U zot: «Nima boʻldi?» dedilar. Ular: ‹Besh rakaat oʻqidingiz›, deyishdi. Shunda u zot salom berganlaridan soʻng ikki marta sajda qildilar. Bir rivoyatda u zot: «Men ham sizlarga oʻxshagan bir insonman, sizlar unutganingizdek men ham unutaman. Bas, unutsam, menga eslatinglar. Biringiz namozida shubhalansa, toʻgʻrisini aniqlashga harakat qilsin va shunga koʻra namozini toʻldirsin, soʻngra salom bersin, keyin ikki marta sajda qilsin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.