عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى الْعَصْرَ وَسَلَّمَ فِي ثَلَاثِ رَكَعَاتٍ ثُمَّ دَخَلَ مَنْزِلَهُ فَقَامَ إِلَيْهِ رَجُلٌ يُقَالُ لَهُ الْخِرْبَاقُ وَكَانَ فِي يَدَيْهِ طُولٌ فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللَّهِ فَذَكَرَ لَهُ صَنِيعه فَخرج غَضْبَانَ يَجُرُّ رِدَاءَهُ حَتَّى انْتَهَى إِلَى النَّاسِ فَقَالَ: «أَصَدَقَ هَذَا؟» . قَالُوا: نَعَمْ. فَصَلَّى رَكْعَةً ثُمَّ سَلَّمَ ثُمَّ سَجَدَ سَجْدَتَيْنِ ثُمَّ سَلَّمَ. رَوَاهُ مُسلم
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ asr namozini oʻqib, uch rakaatda salom berdilar, soʻng uylariga kirib ketdilar. Shunda al-Xirboq deb ataluvchi, qoʻllari uzun bir kishi turib u zotning oldiga keldi-da: «Yo Rasululloh!» dedi va u zotga qilgan ishlarini aytdi. Shunda (u zot) ridolarini sudragancha gʻazablanib chiqib, odamlar oldiga yetib bordilar-da: «Bu rost aytdimi?» dedilar. Ular: «Ha», dedilar. Shunda (u zot) bir rakaat oʻqib, soʻng salom berdilar, soʻng ikki (marta) sajda qildilar, soʻng salom berdilar.