وَعَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ قَالَ: قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ فُضِّلَتْ سُورَةُ الْحَجِّ بِأَنَّ فِيهَا سَجْدَتَيْنِ؟ قَالَ: نَعَمْ وَمَنْ لَمْ يَسْجُدْهُمَا فَلَا يَقْرَأْهُمَا ". رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَقَالَ: هَذَا حَدِيثٌ لَيْسَ إِسْنَادُهُ بِالْقَوِيِّ. وَفِي الْمَصَابِيحِ: «فَلَا يَقْرَأها» كَمَا فِي شرح السّنة
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men: «Yo Rasululloh, Haj surasi ichida ikkita sajda boʻlgani bilan fazilatli qilinganmi?» dedim. U zot: «Ha, kim u ikkisida sajda qilmasa, ularni oʻqimasin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadisning isnodi unchalik kuchli emas. Ahli ilm bu masalada ixtilof qilishgan. Umar ibn al-Xattob va Ibn Umardan: «Haj surasi ichida ikkita sajda boʻlgani bilan fazilatli qilingan», deyishgani rivoyat qilingan. Ibnul-Muborak, Shofeʼiy, Ahmad va Ishoq shuni aytishadi. Baʼzilari esa unda bitta sajda bor deb koʻrishgan; bu Sufyon Savriy, Molik va kufaliklarning soʻzidir.