وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِحَطَبٍ فَيُحْطَبَ ثُمَّ آمُرَ بِالصَّلَاةِ فَيُؤَذَّنَ لَهَا ثُمَّ آمُرَ رَجُلًا فَيَؤُمَّ النَّاسَ ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ. وَفِي رِوَايَةٍ: لَا يَشْهَدُونَ الصَّلَاةَ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ يَعْلَمُ أَحَدُهُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَرْقًا سَمِينًا أَوْ مِرْمَاتَيْنِ حَسَنَتَيْنِ لَشَهِدَ الْعِشَاءَ ". رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَلمُسلم نَحوه
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, men oʻtin (yoqilgʻi) yigʻishni buyurishni, soʻng birovga namozga azon aytishni buyurishni, soʻng birovga imomlik qilishni buyurishni, soʻng oʻzim orqadan borib (farz jamoat) namozga hozir boʻlmagan kishilarning uylarini yoqib yuborishni xohlab qoldim. Jonim qoʻlida boʻlgan Zotga qasamki, agar ulardan biri yaxshi goʻshtli suyak yoki ikki qovurgʻa orasidagi ikki (kichik) boʻlak goʻsht (topishini) bilganida, xufton namoziga kelar edi», — dedilar.