وَعَنْ أَبِي بَكْرِ بْنِ سُلَيْمَانَ بْنِ أَبِي حَثْمَةَ قَالَ: إِنَّ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ فَقَدَ سُلَيْمَانَ بْنَ أَبِي حَثْمَةَ فِي صَلَاةِ الصُّبْحِ وَإِنَّ عُمَرَ غَدَا إِلَى السُّوقِ وَمَسْكَنُ سُلَيْمَانَ بَيْنَ الْمَسْجِدِ وَالسُّوقِ فَمَرَّ عَلَى الشِّفَاءِ أُمِّ سُلَيْمَانَ فَقَالَ لَهَا لَمْ أَرَ سُلَيْمَانَ فِي الصُّبْحِ فَقَالَتْ إِنَّهُ بَاتَ يُصَلِّي فَغَلَبَتْهُ عَيْنَاهُ فَقَالَ عُمَرُ لَأَنْ أَشْهَدَ صَلَاةَ الصُّبْحِ فِي الْجَمَاعَة أَحَبُّ إِلَيَّ مِنْ أَنْ أَقُومَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مَالك
Abu Bakr ibn Sulaymon ibn Abu Hasma (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) bomdod namozida Sulaymon ibn Abu Hasmani koʻrmadi. Ertalab Umar bozorga bordi, Sulaymonning uyi masjid bilan bozor orasida edi. U Sulaymonning onasi Shifo (roziyallohu anho)ning yonidan oʻtib, unga: «Bomdodda Sulaymonni koʻrmadim», dedi. U: «U kechasi namoz oʻqib chiqdi va uyqu uni yengib qoʻydi», dedi. Shunda Umar: «Bomdod namozini jamoat bilan oʻqishim, kechani [bedor] namozda oʻtkazishimdan menga mahbubroqdir», dedi. Molik rivoyat qilgan.