وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: رَأَى رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي أَصْحَابِهِ تَأَخُّرًا فَقَالَ لَهُمْ: «تَقَدَّمُوا وَأْتَمُّوا بِي وَلْيَأْتَمَّ بِكُمْ مَنْ بَعْدَكُمْ لَا يَزَالُ قَوْمٌ يَتَأَخَّرُونَ حَتَّى يؤخرهم الله» . رَوَاهُ مُسلم
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ sahobalarida orqaga chekinish (mayli)ni koʻrib, ularga: «Oldinga oʻtinglar va menga ergashinglar, sizlardan keyingilar ham sizlarga ergashsinlar. Bir qavm orqaga chekinaveradi, oxiri Alloh ularni (oʻz rahmatidan) orqaga suradi», — dedilar.