وَعَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى بِهِ وَبِأُمِّهِ أَوْ خَالَتِهِ قَالَ: فَأَقَامَنِي عَنْ يَمِينِهِ وَأَقَامَ الْمَرْأَةَ خَلْفَنَا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ unga, uning onasiga yo xolasiga (imomlik qilib) namoz oʻqib berdilar. (Anas) dedi: U zot meni oʻzlarining oʻng tomonlariga turgʻazdilar, ayolni esa orqamizga turgʻazdilar.