وَعَنْ عَمَّارِ بْنِ يَاسِرٍ: أَنَّهُ أَمَّ النَّاسَ بِالْمَدَائِنِ وَقَامَ عَلَى دُكَّانٍ يُصَلِّي وَالنَّاسُ أَسْفَلَ مِنْهُ فَتَقَدَّمَ حُذَيْفَةُ فَأَخَذَ عَلَى يَدَيْهِ فَاتَّبَعَهُ عَمَّارٌ حَتَّى أَنْزَلَهُ حُذَيْفَةُ فَلَمَّا فَرَغَ عَمَّارٌ مِنْ صَلَاتِهِ قَالَ لَهُ حُذَيْفَةُ: أَلَمْ تَسْمَعْ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِذَا أَمَّ الرَّجُلُ الْقَوْمَ فَلَا يَقُمْ فِي مَقَامٍ أَرْفَعَ مِنْ مَقَامِهِمْ أَوْ نَحْوَ ذَلِكَ؟» فَقَالَ عَمَّارٌ: لِذَلِكَ اتَّبَعْتُكَ حِينَ أَخَذْتَ عَلَى يَدي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُد
Adiy ibn Sobit al-Ansoriy (rahimahulloh) aytadi: Bir kishi menga shunday rivoyat qildi: U Madoyinda Ammor ibn Yosir (roziyallohu anhu) bilan birga edi. Namozga iqomat aytildi. Ammor oldinga oʻtib, dukkon (supacha) ustiga chiqib namoz oʻqiy boshladi, odamlar esa undan pastroqda turishardi. Shunda Huzayfa (roziyallohu anhu) oldinga oʻtib, uning qoʻllaridan ushladi, Ammor esa Huzayfa uni (pastga) tushirgunicha unga ergashdi. Ammor namozini tugatgach, Huzayfa unga: «Rasululloh ﷺning: ‹Kishi qavmga imomlik qilsa, ularning turgan joyidan balandroq joyda turmasin› yoki shunga oʻxshash (soʻzlarni) aytganlarini eshitmaganmiding?» dedi. Ammor: «Shuning uchun ham sen qoʻllarimdan ushlaganingda senga ergashdim», dedi.