وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسلم: «إِذا صلى أحدكُم النَّاس فَلْيُخَفِّفْ فَإِنَّ فِيهِمُ السَّقِيمَ وَالضَّعِيفَ وَالْكَبِيرَ. وَإِذَا صَلَّى أَحَدُكُمْ لِنَفْسِهِ فَلْيُطَوِّلْ مَا شَاءَ»
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biringiz odamlarga imom boʻlib namoz oʻqisa, uni yengil (qisqa) qilsin, chunki ular orasida kasal, kuchsiz va keksa kishilar boʻladi. Biringiz yolgʻiz oʻzi namoz oʻqisa, xohlaganicha uzun qilaversin», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.